OGBEX TSD мобил иловасидан фойдаланиш бўйича ОММАВИЙ ОФЕРТА

(Публик оферта / Public offer)

Hujjat versiyasi: 1.0

E’lon qilingan sana: 15 fevral 2026

Manzil: https://ogbex.uz/tsd/oferta/

Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda — “Oferta”) OGBEX TSD mobil ilovasidan foydalanish shartlarini belgilaydi va cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun ochiq taklif hisoblanadi.

Ilovadan foydalanishni boshlash, ilovani o‘rnatish, ro‘yxatdan o‘tish/ulanish (QR/Token orqali) yoki xizmatlardan foydalanishni davom ettirish — ushbu ofertani aksept qilish (qabul qilish) hisoblanadi va Foydalanuvchi bilan Ijrochi o‘rtasida shartnoma tuzilganini anglatadi.

1. Atamalar va ta’riflar

  1. Ijrochi — OGBEX brendi ostida OGBEX TSD ilovasini taqdim etuvchi tomon.
  2. Foydalanuvchi — ilovadan foydalanayotgan yuridik shaxs yoki jismoniy shaxs (vakolatli xodim).
  3. Ilova — “OGBEX TSD” mobil ilovasi (Android/iOS).
  4. REGOS — uchinchi tomon hisob tizimi (Regos Software / Regos Online).
  5. Integratsiya Endpoint/Token — REGOS bilan ulanish uchun taqdim etiladigan identifikator (QR kod orqali yoki qo‘lda kiritiladi).
  6. Sinxronizatsiya — REGOS’dan ma’lumotlarni (spravochniklar, tovarlar va h.k.) qurilmaga yuklab olish va lokal bazada saqlash jarayoni.
  7. Hujjatlar — ilovada yaratiladigan jarayonlar: Поступление / Возврат / Списание / Занесение va ularning pozitsiyalari.

2. Ofertaning predmeti

  1. Ijrochi Foydalanuvchiga OGBEX TSD ilovasidan foydalanish huquqini (litsenziyani) taqdim etadi, Foydalanuvchi esa ushbu ofertaga muvofiq shartlarni qabul qiladi.
  2. Ilovaning asosiy vazifasi: ombor/do‘kon jarayonlarini shtrix-kod skanerlash, oflayn ishlash, va internet bo‘lganda REGOS’ga hujjatlarni yuborish orqali avtomatlashtirish.

3. Ulanish va ishga tushirish (Onboarding)

  1. Ilova REGOS bilan ishlashi uchun Foydalanuvchi:
    • REGOS tizimida faol akkauntga ega bo‘lishi;
    • integratsiya uchun Endpoint/Tokenga ega bo‘lishi kerak.
  2. Ulanish odatda QR kodni skanerlash orqali amalga oshiriladi (yoki Token qo‘lda kiritiladi).
  3. Ulanish ma’lumotlari ilovada saqlanadi va Foydalanuvchi mas’uliyatida bo‘ladi.

4. Sinxronizatsiya va Offline-first ishlash

  1. Ilova offline rejimda ishlash uchun REGOS’dan quyidagi ma’lumotlarni yuklab olishi mumkin: omborlar, kontragentlar, tovar guruhlari, tovarlar va shtrix-kodlar, NDS stavkalari, o‘lchov birliklari va boshqa spravochniklar.
  2. Sinxronizatsiya Foydalanuvchi xohishiga ko‘ra istalgan vaqtda qo‘lda ishga tushirilishi mumkin.
  3. Internet yo‘q bo‘lganda hujjatlar va pozitsiyalar lokal bazada saqlanadi. Internet paydo bo‘lganda “Vigruzka/Upload” orqali REGOS’ga yuboriladi.

5. Hujjatlar yaratish va REGOS’ga yuborish (Upload)

  1. Foydalanuvchi ilova ichida hujjat yaratadi va tovarlarni shtrix-kod orqali skanerlab pozitsiyalarni kiritadi (miqdor, izoh va h.k.).
  2. Agar skan qilingan shtrix-kod lokal bazada topilmasa, ilova quyidagi variantlarni taklif qilishi mumkin:
    • shtrix-kodni mavjud tovarga bog‘lash;
    • noma’lum tovarni qabul qilish (tavsif kiritish orqali);
    • bekor qilish.
  3. Internet mavjud bo‘lganda Foydalanuvchi hujjatlarni REGOS’ga yuboradi. Yuborish jarayoni REGOS API qoidalariga muvofiq ketadi (masalan: hujjat “shapka”si → lock → pozitsiyalar → unlock).
  4. Yuborilgan hujjatlar bo‘yicha ilova “Последний обмен / History”da tarix (status) yuritishi mumkin.

6. Sozlamalar va ruxsatlar

  1. Ilovada tezkor ishlash uchun “default” qiymatlar bo‘lishi mumkin (kontragent, ombor, NDS, birlik, yangi tovarlar guruhi va h.k.).
  2. Ilovada rol/ruxsatga o‘xshash switchlar bo‘lishi mumkin:
    • shtrix-kod bog‘lashga ruxsat;
    • yangi tovar yaratishga ruxsat.
  3. Mazkur ruxsatlar noto‘g‘ri yoqib qo‘yilganda hisobda xatoliklar bo‘lishi mumkin. Bu holatda Foydalanuvchi ichki reglament va nazoratni ta’minlaydi.

7. To‘lov, litsenziya va aktivatsiya

  1. Ilovadan foydalanish pullik yoki bepul bo‘lishi Ijrochi va/ yoki REGOS bilan kelishilgan tarifga bog‘liq.
  2. To‘lov/aktivatsiya modeli ikki xil bo‘lishi mumkin:

    A) REGOS orqali: litsenziya/aktivatsiya REGOS tizimi tomonidan yuritiladi.

    B) Ilova ichida: obuna yoki bir martalik to‘lov orqali.

  3. Tariflar, muddat va cheklovlar alohida sahifa yoki shartlarda e’lon qilinadi.
  4. Litsenziya faolligi tugaganda ayrim funksiyalar cheklanishi mumkin (masalan: faqat ko‘rish rejimi, aktivatsiya oynasi, yoki amallarni bajarish bloklanishi).

8. Qo‘shimcha funksiyalar (so‘rov bo‘yicha)

  1. Foydalanuvchi talabiga ko‘ra quyidagilar qo‘shilishi mumkin:
    • Перемещение (omborlar o‘rtasida ko‘chirish)
    • Заказ контрагентов (kontragent/pudratchilarga buyurtma)
    • Маркировка (tovarlarni markirovka kodlari bilan ishlash: DataMatrix/seriya kodlari)
  2. Ushbu modullar alohida texnik topshiriq va kelishuv asosida joriy qilinadi.

9. Foydalanuvchining majburiyatlari

  1. Foydalanuvchi quyidagilarni ta’minlaydi:
    • Qurilma xavfsizligi, login/token/endpoint sir saqlanishi;
    • REGOS’ga kirish huquqiga ega vakolatli xodimlar ishlashi;
    • Internet va qurilma sozligi;
    • Ilovadagi ma’lumotlar to‘g‘riligini tekshirish (miqdor, birlik, NDS, guruh).
  2. Foydalanuvchi ilovani qonunchilikka zid maqsadlarda ishlatmasligi shart.

10. Ma’lumotlar, maxfiylik va xavfsizlik

  1. Ilova offline ishlash uchun qurilmada lokal bazada ma’lumot saqlashi mumkin (tovarlar, spravochniklar, hujjatlar).
  2. Token/kalitlar imkon qadar himoyalangan saqlash mexanizmlarida saqlanishi kerak (Android/iOS standart imkoniyatlari).
  3. Ijrochi Foydalanuvchi ma’lumotlarini uchinchi tomonga topshirmaydi, bundan qonunchilik talab qilgan holatlar mustasno.
  4. REGOS tizimi — uchinchi tomon servisi bo‘lib, REGOS’dagi ma’lumotlar xavfsizligi REGOS siyosatiga ham bog‘liq.

11. Kafolat va javobgarlikni cheklash

  1. Ilova “mavjud holicha” taqdim etiladi.
  2. Ijrochi internet uzilishi, REGOS tomondagi nosozliklar, qurilma buzilishi yoki Foydalanuvchining noto‘g‘ri amallari oqibatidagi zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
  3. Ijrochi faqat ilovaning o‘ziga tegishli texnik xatoliklarni imkon qadar bartaraf etishga harakat qiladi.

12. Intellektual mulk

  1. Ilova, dizayn, kod va logotiplar Ijrochining intellektual mulki hisoblanadi.
  2. Foydalanuvchi ilovani dekompilyatsiya qilish, nusxalash, sotish yoki ruxsatsiz tarqatishga haqli emas.

13. Ofertaning amal qilish muddati va bekor qilish

  1. Oferta saytda joylangan paytdan kuchga kiradi.
  2. Ijrochi ofertani bir tomonlama yangilashi mumkin. Yangilangan versiya saytda e’lon qilingan paytdan kuchga kiradi.
  3. Foydalanuvchi ilovadan foydalanishni to‘xtatsa — ofertani bekor qilgan hisoblanadi.

14. Nizolarni hal qilish

  1. Nizolar avval muzokara yo‘li bilan hal qilinadi.
  2. Kelishuv bo‘lmasa, nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.

15. Aloqa va rekvizitlar

Ijrochi: OGBEX

Veb-sayt: https://ogbex.uz

Qo‘llab-quvvatlash: +998 77 728 28 56

E-mail: ogamansurov@gmail.com

Aksept (Qabul qilish) tartibi

Ushbu ofertani qabul qilish quyidagilardan biri orqali amalga oshadi: